Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

BMT: «O‘rtayer dengizi eng ko‘p muhojir yutgan dengiz»

A A A
BMT: «O‘rtayer dengizi eng ko‘p muhojir yutgan dengiz»

BMTning muhojirlar ishlari bo‘yicha oliy komissariyati Yevropaga O‘rtayer dengizi orqali qilingan hijratlardagi qurbonlar haqida bergan bayonotiga ko‘ra, oxirgi oylar davomida O‘rtayer dengizi muhojirlar uchun eng dahshatli dengizga aylangan.

Bayonotda joriy yil boshidan beri O‘rtayer dengizi orqali Yevropaga o‘tishga harakat qilgan noqonuniy muhojirlarning 1600 nafari halok bo‘lgani yoki bedarak yo‘qolgani aytilgan.

Oxirgi vaqtlarda Yevropaga O‘rtayer dengizi orqali boradigan muhojirlar soni kamaygan. Buni dengizdagi ularning ko‘pchligi halok bo‘layotgani bilan izohlash mumkin.

Joriy yil yanvardan avgustga qadar har 18 muhojirdan biri halok bo‘lgan. 2017 yilda bu ko‘rsatgich har 42 kishiga bir kishini tashkil qilgan.

Oliy komissariyat noqonuniy muhojirlar uchun xavfsiz, qonuniy yo‘llarni ochishga chaqirgan.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 18:01 04.09.2018. O'qildi: 1888 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik