Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi Farangiz Boymurodova tuman markazidagi savdo do‘konidan uy-ro‘zg‘or uchun mahsulot xarid qilganidan so‘ng, kartochkasidan 82 000 so‘m ortiqcha mablag‘ yechib olinganini sezib qoldi. Pulini do‘kondan qaytarib ololmagach, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining ishonch telefoniga murojaat qildi.
Ushbu ariza viloyat hududiy birlashmasining Samarqand tuman jamiyati mutasaddilari tomonidan o‘rganildi va iste’molchiga pullari olib berildi. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati matbuot xizmati xabar qildi.
Manba: uz24.uz