Internetda taksi haydovchisi mijozini mashinadan uloqtirib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi. Bu shunchaki yuz bermagan.
Voqea Rossiyada yuz bergan. taksida ketayotgan yo‘lovchining tarbiyasida muammolar bo‘lib, u hech ham uyalmasdan mashina oynasidan axlat uloqtirgan.
Video orqada ketayotgan avtomobil videoregistratoridan suratga olingan. Avval mashinaning orqa oynasidan pivoning butilkasiga o‘xshash narsa uchib chiqqan. Keyin haydovchi tushib, yo‘lovchini yo‘l chetiga uloqtirib yuborgan va avtomobilga o‘tirib ortiga qaytib ketgan.
Avtomobil raqamiga qaraganda u Vladimir viloyatidan. Videoni ko‘rgan internet foydalanuvchilari haydovchi juda to‘g‘ri ish qilganini ta’kidlashgan.
Manba: qalampir.com