Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish tartibi belgilandi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (48-son, 09.02.2026 y.) bilan “Zo‘ravonlikdan jabrlangan, o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida va ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar hamda ularning oilalariga ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

📝 Nizomga ko‘ra, ijtimoiy xizmatlar zo‘ravonlikdan jabrlangan, o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalar va ularning oilalari uchun himoya qilish rejasiga muvofiq ko‘rsatiladi.

📑 Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar va ularning oilalari uchun individual integrasiya rejasiga muvofiq ko‘rsatiladi.

✅ Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalariga quyidagi shakllarda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi:

🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun:

▪️ 6 oygacha bo‘lgan muddatga qisqa muddatli ijtimoiy xizmatlar;
▪️ 1 yilgacha bo‘lgan muddatga uzoq muddatli ijtimoiy xizmatlar;
▪️ 1 yilgacha bo‘lgan muddatga tunu kun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar;

🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalari uchun "Mehrli oila" xizmati.

📁 Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish istagini bildirgan YATT yoki yuridik shaxslar "Yagona milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimining ("Ijtimoiy himoya" AT) Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchilarning yagona reestriga kiritilishi lozim.

📜 "Ijtimoiy himoya" ATda ro‘yxatdan o‘tish uchun talabgor tomonidan so‘rovnoma to‘ldiriladi.

⏳ So‘rovnoma 10 ish kuni ichida talabgorning quyidagi talablarga muvofiqligi bo‘yicha o‘rganib chiqiladi:

▫️ talabgorda kamida 2 nafar psixoijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning mavjudligi va ularning kamida 1 yillik ish stajiga ega bo‘lishi hamda sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomaning bo‘lishi;
▫️ bino va inshootlarda sanitariya holati ta’minlanganligi.

📙 So‘rovnoma tasdiqlanganidan so‘ng talabgor Yagona reestrga kiritiladi va bu to‘g‘risida uning "Ijtimoiy himoya" ATdagi shaxsiy kabinetiga elektron xabarnoma yuboriladi.

Kiritildi: 12:45 12.02.2026. O'qildi: 1037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!