Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Yevropaning qator yetakchilari bilan telefon orqali maslahatlashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabarida aytiladi.
Zurabishvili Gruziyadagi vaziyatni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaja Kallas, Polsha prezidenti Anjey Duda, Chexiya prezidenti Petr Pavel, Shvesiya bosh vaziri Ulf Kristersson, Latviya prezidenti Edgars Rinkevichyus bilan muhokama qildi.
Xabarda aytilishicha, Gruziya prezidenti o‘z suhbatdoshlarini hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi yetakchisi Bidzina Ivanishviliga yo‘llagan taklifi bilan tanishtirgan, uning fikricha, bu inqirozdan chiqishning yagona yo‘li.
“Taklif ikki asosiy masala bo‘yicha kelishish uchun yig‘ilish o‘tkazishni nazarda tutadi: yangi saylovlar sanasi va EXHT/DIIHB hisoboti asosida yangi saylov shartlarini aniqlash”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.