Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Zubayraning UFC 284'dagi raqibi o‘zgardi

Zubayraning UFC 284'dagi raqibi o‘zgardi

Rossiyalik UFC jangchisi Zubayra Tuxugovning UFC 284 turniridagi raqibi o‘zgardi. Bu haqda “Sports.ru” sayti xabar berdi.

11 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan turnirda Tuxugovga Xoel Alvares raqiblik qilishi kerak edi, ammo ispaniyalik jangchi mashg‘ulotlarda jarohat olgani bois Zubayraga qarshi oktagonga chiqa olmasligini ma’lum qildi.

Endi UFC 284 turnirida rossiyalik sportchiga braziliyalik Elves Brenner raqib bo‘ladi. Zubayraga qarshi jang Brenner uchun UFC'dagi debyut bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, UFC 284 musobaqasiga Avstraliyaning Pert shahri mezbonlik qiladi. Kechaning markaziy jangi Islom Maxachev va Aleks Volkanovski o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:54 14.01.2023. O'qildi: 2325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!