Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Zobitlardan Netanyaxuga shikoyat kelib tushdi

Zobitlardan Netanyaxuga shikoyat kelib tushdi

Isroil harbiy-dengiz kuchlarining yuzlab zobiti Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroillik mahbuslarni ozod qilish uchun G‘azo urushini to‘xtatishga chaqirilgan petisiyani imzolagan.

Falastinning Shahab axborot agentligi xabar berishicha, 450 nafar ishlaydigan va iste’fodagi zobit uzoq davom etayotgan urushda Isroil maqsadiga erisha olmaganidan, asirlarni qutqarishda yuzaga kelayotgan qiyinchilikdan xavotirlanib, shikoyat yozgan.

Arzdorlar fikricha, mojaro davom etishi nafaqat davlat xavfsizligiga putur yetkazadi, balki Falastin qarshiligi qo‘lida qolgan mahbuslar taqdirini ham xavf ostida qoldiradi.

Kiritildi: 16:11 15.04.2025. O'qildi: 604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!