Bugun 12 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ziyoratchilarga qulayliklar yaratish yuzasidan O‘zbekiston delegasiyasi Haj vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

Ziyoratchilarga qulayliklar yaratish yuzasidan O‘zbekiston delegasiyasi Haj vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

Yurtimizda Haj va Umra safarlari yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, tashkiliy tadbirlar, raqamlashtirish jarayonlari va o‘zbekistonlik ziyoratchilarning tartib-intizomi Saudiya tomonidan yuqori baholanmoqda.

O‘zbekiston delegasiyasi hamda Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi rahbariyati o‘rtasida Jidda shahrida muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Haj va umra vaziri doktor Tavfiq bin Favzon ar-Rabia, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, “Haj” va “Umra” ishlari bo‘yicha attashe Shuhrat Amoniy ishtirokida o‘zaro aloqalarning istiqbollari hamda “Haj – 2025” mavsumini yuqori darajada tashkil etish muhokama qilindi, deyiladi O‘zbekiston Musulmonlar idorasi ma’lumotida.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Valiahd va Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saud o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar jadal rivojlanayotgani, ziyoratchilarga namunali xizmat ko‘rsatilayotgani alohida qayd etildi.

Ayniqsa, Haj kvotasi avvalgiga qaraganda 2 karra oshirilgani, keyingi yetti yilda 60 mingdan ziyod yurtdoshimiz ushbu amallarni bajargani yuqori baholandi. Umra safarlari uchun cheklovlar olib tashlangani va qonuniy tartibga solingani ta’kidlandi.

Tavfiq bin Favzon ar-Rabia Yangi O‘zbekistondagi islohotlarni e’tirof etish barobarida zaminimizdan nafaqat Islom ulamolari, balki dunyo sivilizasiyasiga katta hissa qo‘shgan Ibn Sino, al-Xorazmiy kabi buyuk mutafakkirlar, ilm-fan namoyondalari yetishib chiqqani va bugungi o‘zgarishlar yana shunday allomalar chiqishiga poydevor bo‘lishini ta’kidladi. Muloqot yakunida tomonlar o‘zaro esdalik sovg‘alari almashishdi.

Kiritildi: Bugun 15:11. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!