Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Umumrespublika marafoniga start berildi.
Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri inson hayot sifati va farovonligini oshirishdan iborat bo‘lib, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish belgilab qo‘yildi.
«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Ziyolilar bog‘i»ni tashkil etish uchun o‘tkazilgan umumrespublika marafonida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fan-ta’lim va innovasiyalar vazirligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati hamda filial jamoasi faol ishtirok etishdi.
Shuningdek, daraxt ekish marafoni bo‘yicha markaziy studiyaga Toshkent tibbiyot akademiyasi mas’ullari ulangan holda tadbirda onlayn ishtirok etishdi hamda belgilangan hududga mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.