Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Zilzila vaqtida hujjatlarini yo‘qotganlarga konsullik xizmati soddalashtirilgan tartibda ko‘rsatiladi

Zilzila vaqtida hujjatlarini yo‘qotganlarga konsullik xizmati soddalashtirilgan tartibda ko‘rsatiladi

Turkiyaning janubi-sharqiy hududlarida O‘zbekistondan kelgan qutqaruvchilar guruhi o‘z ishini faol davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi Elchixonasi xodimlari guruhi ham zilzila oqibatlaridan zarar ko‘rgan hududlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘zbekistonlik qutqaruvchilar ishini muvofiqlashtirmoqda.

"Zilziladan jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini aniqlash va ularni evakuasiya qilish maqsadida Elchixonamizda turilgan tezkor shtablar faoliyat yuritmoqda. Tezkor aloqa raqami (+905380358534)ga fuqarolarimizdan kelib tushayotgan murojaatlar asosida bedarak yo‘qolgan hamda yordamga muhtoj vatandoshlarimiz ro‘yxati tuzilib, Turkiyaning mutasaddi tashkilotlari bilan qidiruv-qutqaruv va evakuasiya ishlari muvofiqlashtirib borilmoqda.

Zilzila vaqtida hujjatlari yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun tegishli konsullik xizmatlari Elchixonamiz va Bosh konsulxonamizda soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi" deyiladi O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi xabarida.

Kiritildi: 22:57 08.02.2023. O'qildi: 1887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!