Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShning tinchlik rejasini muhokama qilish uchun Berlinga keldi. Tashrif doirasida Germaniya poytaxti markazida keng qamrovli xavfsizlik choralari joriy etildi.
Bild nashrining xabar berishicha, poytaxtda favqulodda holat joriy etilgan.
"Xavfsizlik darajasi 0 — eng yuqori — Zelenskiy uchun amal qiladi! Shunga ko‘ra, Berlin xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda, polisiya esa xavfsizlik darajasini eng yuqori darajaga ko‘tardi", — deb yozadi nashr.
VIZ Yo‘l harakati axborot markazi kun bo‘yi muzokaralar bo‘ladigan hududda ko‘chalar yopilishi haqida ogohlantirdi.
"Hukumat qarorgohi hududida yo‘llarning yopilishi kutilmoqda. Kirish yo‘llari to‘siqlar va polisiya tomonidan to‘sib qo‘yiladi. Haydovchilar hududdan chetlanib, muqobil yo‘nalishlarni tanlashlari kerak", — deyiladi nashrda.
Ukraina rahbarining o‘zi Telegram’da Ukraina delegasiyasi bilan bo‘lajak muzokaralarga hozirlik ko‘rayotgani haqida ma’lum qildi: "Biz Amerika tomoni bilan uchrashuvga hozirlik ko‘ryapmiz. Biz ko‘plab muhim detallar, har bir nuqta ustida sinchkovlik bilan ishlayapmiz. Eng muhimi, sheriklarimiz bilan kelishilgan barcha qadamlar xavfsizlikni chinakam kafolatlashi va tinchlik o‘rnatishi mumkin. Hamkorlarimizdan konstruktiv ishlarni davom ettirishini kutamiz".
Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff va Jared Kushner Berlinga yetib kelishdi.