Kelasi hafta Londondagi muzokaralarda Ukraina delegatsiyasi ishtirok etadi.
Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Sergey Leshchenko ma’lum qildi.
Yig‘ilishda AQSh va Yevropa davlatlaridan vakillar Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishi kutilmoqda.
"Bizning guruhimiz hozir bo‘ladi. Men tarkibni e’lon qilmayman", - dedi Leshchenko.
Uning eslatishicha, 17 aprel kuni Parijda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Ukraina tomonidan Prezident devonining rahbari Andrey Yermak, Tashqi ishlar vazirligi rahbari Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerov ishtirok etgan.
"Agar kerak bo‘lsa, tarkib tuzatiladi, ammo Ukraina bu muzokaralarda albatta ishtirok etadi", - deya qo‘shimcha qildi maslahatchi.