Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Financial Times nashriga bergan intervyusida Yevropa poytaxtlariga murojaat qildi:
"Zelenskiyni tinchlik muzokaralariga majburlashni to‘xtating, buning o‘rniga, Ukrainaga bergan mudofaa bo‘yicha va’dalaringiz quruq gap emasligiga ishonch hosil qildiring. Agar Putin muzokara o‘tkazishni istamayotgan bo‘lsa, Zelenskiydan buni talab qilishning ma’nosi yo‘q. Tinchlik yo‘q ekan, tinchlikparvar kuchlar haqida gapirish ham mumkin emas. Nega sulh imzolanmayapti? Chunki Rossiya uni istamaydi".