Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Zelenskiydan uchta ssenariy

Zelenskiydan uchta ssenariy

Kiyev AQShda 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridan so‘ng Ukrainadagi urush rivojlanishining uchta ssenariysi borligini ko‘rmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Financial Times (FT) nashrida bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Biz voqealar rivojlanishining uch xil variantini ko‘ryapmiz. Ularning biri - qo‘llab-quvvatlashning davom etishi, biroq ittifoqchilar ba’zi xavf-xatarlardan cho‘chishi mumkin. Oq uy uchun saylov poygasida kim g‘alaba qozonishiga qarab, biz [yana ikki] boshqa yo‘nalishni ko‘ryapmiz," - dedi davlat rahbari.

Zelenskiy ikkinchi va uchinchi ssenariylarning mohiyatini oshkor qilmadi. U, shuningdek, bunday variantlar Kiyev uchun ozmi-ko‘pmi ijobiy bo‘ladimi yoki yo‘qmi, deya javob bera olmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala ukrainaliklar uchun juda nozik.

Kiritildi: 17:12 18.10.2024. O'qildi: 1585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!