Ukraina Qurolli kuchlari Donetsk viloyatidagi beshta shahar – Chasov Yar, Kuraxovo, Pokrovsk, Mirnograd va Velika Novoselkani yo‘qotish xavfi ostida turibdi. Bu haqda Oliy Radaning sobiq deputati, harbiy xizmatchi Yegor Firsov ma’lum qildi.
"Bizda besh shahar xavf ostida va besh shaharni yo‘qotish ehtimoli mavjud. Biz bu shaharlar va bu pozisiyalarni himoya qilishda qancha uchuvchisiz samolyotlar, pul, kuch, ter va eng muhimi, qonimiz va inson hayotini yo‘qotganimizni tasavvur qila olmaysiz”, — deya harbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Strana nashri.
Firsovning so‘zlariga ko‘ra, ruslar endi o‘z kuchlarini butun front chizig‘i bo‘ylab cho‘zmaydilar, bir nechta asosiy hududlarga diqqatni jamlashadi.