Vladimir Zelenskiy Yaponiya bilan xavfsizlik shartnomasi imzolangani haqida ma’lum qildi, unga ko‘ra, Tokio 2024 yilda Kiyevga 4,5 milliard dollar o‘tkazadi va Ukrainani o‘n yil davomida qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
«Bu xavfsizlik va mudofaa, gumanitar yordam, texnik va moliyaviy hamkorlik sohasidagi yordamni o‘z ichiga oladi», dedi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarida.
Bundan tashqari, kelishuv «tajovuzkorga qarshi sanksiyalar va tajovuzkorni javobgarlikka tortish bo‘yicha harakatlarni» o‘z ichiga oladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.