Zelenskiy va Vens Rim papasining inaugurasiya marosimida Oq uydagi janjaldan keyin birinchi marta o‘zaro qo‘l berib ko‘rishdi.
Rim papasi Lev XIV ning taxtga o‘tirishi marosimida Ukraina prezidenti va AQSh vise-prezidenti uchrashib, ilk qo‘l berib ko‘rishishdi. Bu ularning fevral oyi oxirida Oq uydagi janjaldan keyingi birinchi uchrashuvi bo‘lib, o‘sha paytda Vens Zelenskiyni hurmasizlikda ayblagan edi.
Vatikan ma’lumotlariga ko‘ra, inaugurasiya marosimidan so‘ng Rim papasi Volodimir Zelenskiy bilan shaxsan uchrashadi, ertaga ertalab esa Jey Di Vens bilan uchrashuv o‘tkaziladi.