Zelenskiy va Tramp 20 yanvarda AQSh prezidenti inaugurasiyasidan ko‘p o‘tmay uchrashishi mumkin. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Georgiy Tixiy xabar berdi.
Tixiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina "eng yuqori darajadagi Ukraina-Amerika aloqalari"ga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda.
"Bizning pozisiyamiz juda oddiy: biz barchamiz urushni Ukraina uchun adolatli tarzda yakunlashni xohlaymiz. Prezident Tramp ham urushni tugatishga qat’iy qaror qilganini ko‘ryapmiz. Shuning uchun, hozirda biz prezidentlarimiz – Tramp va Zelenskiyning uchrashuvini intiqlik bilan kutmoqdamiz", – dedi Tixiy.