AQSh prezidenti bunday fikrni jurnalistlar bilan brifingda bildirdi.
"Men qarshi emasman. Ya’ni, o‘zlari kelishib olishsin. Ularni bu vaziyatga men olib keldim va o‘ylaymanki, hammasi iziga tushib ketadi", — dedi Oq uy rahbari.
Tramp, shuningdek, hozirda "Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro hal qilinishi kerak bo‘lgan payt yaqinlashayotganiga" ishonch bildirdi va agar u prezident bo‘lganida, Rossiya bosqini hech qachon sodir bo‘lmasligini yana bir bor takrorladi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kreml rahbari Vladimir Putinga ochiq xat yozib, Rossiya tomonidan boshlanganiga beshinchi yildan oshgan urushni tugatish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuv o‘tkazishga chaqirgan edi. Putin esa bu maktubni o‘qib chiqqanini va "hozircha uchrashuv o‘tkazishdan ma’no ko‘rmayotganini" aytdi.