Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy va Orban o‘rtasidagi tahdidlar Ukrainaning YEIga yo‘lini yopib qo‘yishi mumkin

Zelenskiy va Orban o‘rtasidagi tahdidlar Ukrainaning YEIga yo‘lini yopib qo‘yishi mumkin

Vladimir Zelenskiyning Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban sha’niga aytgan tahdidlari va keskin ritorikasi Kiyevning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish imkoniyatlariga putur yetkazishi mumkin. Bu haqda The European Conservative nashri yozmoqda.

Nashrda qayd etilishicha, Budapesht va Kiyev o‘rtasidagi bahs Zelenskiyning oshkora shamasidan so‘ng yanada keskinlashgan. Zelenskiy agar Vengriya YEIning 90 milliard yevrolik kredit paketini bloklashda davom etsa, ukrainalik harbiylar «Orban bilan o‘z tillarida muloqot qilishlarini» ta’kidlagan.

Nashrning urg‘u berishicha, hatto bu shunchaki ritorika deb hisoblansa ham, bunday tahdidlar almashinuvi YEI yetakchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar amaliyotiga ziddir. Maqola muallifining fikricha, ittifoqqa a’zolik o‘zaro hurmatni hamda davlatlarning huquqiy doiradan tashqariga chiquvchi bosimlarsiz o‘z pozisiyasini saqlab qolish huquqini nazarda tutadi.

«Ushbu chegarani buzib o‘tgan tomon nafaqat muayyan a’zo davlat bilan, balki hamjamiyatning mantig‘i bilan ham ziddiyatga kirishadi... Siyosiy ishora sifatida to‘laqonli a’zolikni tarqatib bo‘lmaydi, aks holda Yevropa Ittifoqi parchalanib ketish xavfi ostida qoladi», — deyiladi maqolada.

Kiritildi: 10:17 12.04.2026. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!