Ukraina urushni Rossiya hududiga surmoqda va «adolatni qaytarmoqda», dedi mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram- kanalida e’lon qilgan murojaatida .
Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy kun davomida bir necha marta «front va bizning harakatlarimiz va urushni tajovuzkor hududiga surish to‘g‘risida» hisobot bergan.
Zelenskiy «Ukraina haqiqatan ham adolatni qanday qaytarishni bilishini isbotlamoqda», degan xulosaga keldi.