Bugun 17 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy Ukrainaning Suriyaga insonparvarlik yordamini taklif qildi

Zelenskiy Ukrainaning Suriyaga insonparvarlik yordamini taklif qildi

Ukraina Suriyaga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyor, dedi prezident Vladimir Zelenskiy.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, «Ukrainadan g‘alla» dasturidan olingan oziq-ovqat Suriya aholisiga yordam berish uchun ishlatilishi mumkin.

«Endi bizda suriyaliklarni Ukraina bug‘doyi, un va yog‘i – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga global hissa qo‘shadigan mahsulotlarimiz bilan qo‘llab-quvvatlash imkoniyati bor», — deb yozdi u Xda.

Zelenskiyning aytishicha, Ukraina logistika bo‘yicha qaror qabul qilish uchun sheriklar va Suriya tomoni bilan kelishib oladi.

«Biz bu mintaqani albatta qo‘llab-quvvatlaymiz, shunda u yerdagi barqarorlik bizning haqiqiy tinchlik sari harakatimiz uchun poydevor bo‘lishi mumkin», — deya qo‘shimcha qildi u.

2022 yilda boshlangan «Ukrainadan g‘alla» gumanitar dasturi donor davlatlar va boshqa tashkilotlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ukrainalik ishlab chiqaruvchilardan xarid qilib, ehtiyojmand mamlakatlarga, asosan, Afrika va Osiyoga jo‘natishini nazarda tutadi.

Kiritildi: 22:12 16.12.2024. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!