Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Zelenskiy: "Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari Tramp bilan muhokama qilinadi"

Zelenskiy: "Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari Tramp bilan muhokama qilinadi"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yakshanba kuni amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan uchrashuvda xavfsizlik kafolatlari va "nozik masalalar", xususan, hududlar va Zaporojye atom elektr stansiyasi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Zelenskiy Ukraina OAVlariga ma’lum qildi.

"Bizning keng kun tartibimiz bor, bu hafta oxiri, menimcha, yakshanba kuni Floridada bo‘ladi. Prezident Tramp bilan uchrashuvimiz bo‘ladi. Biz bu hujjatlarni, aytganimdek, xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilamiz", - dedi u.

Kiritildi: Bugun 08:00. O'qildi: 293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!