Bugun 29 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy Ukraina hududiga Vengriya razvedka dronlari kirib kelganini ma’lum qildi

Zelenskiy Ukraina hududiga Vengriya razvedka dronlari kirib kelganini ma’lum qildi

Vladimir Zelenskiy tezkor harbiy yig‘ilish o‘tkazdi, unda jangovar harakatlarning borishi, chegaradagi vaziyat va havo hujumidan mudofaani mustahkamlash choralari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy, Bosh shtab boshlig‘i Andrey Gnatov, Mudofaa vaziri Denis Shmigal va Prezident devoni rahbarining tegishli o‘rinbosari Pavel Palisa ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Ukraina-Vengriya chegarasidagi voqealar alohida muhokama qilindi. Harbiylar Ukraina havo hududiga razvedkachi dronlar kirib kelganini va ular ehtimol, Vengriyaga tegishli ekanligini qayd etdi. Zelenskiy barcha ma’lumotlarni tekshirish va "qayd etilgan har bir fakt bo‘yicha zudlik bilan xabar berish"ni buyurdi.

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular Ukrainaning chegara hududlaridagi sanoat korxonalari bo‘yicha razvedka olib borayotgan bo‘lishi mumkin", — dedi Ukraina prezidenti harbiylar bilan yig‘ilishda.

Kiritildi: 22:51 26.09.2025. O'qildi: 1028 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!