Ukraina prezidenti Berlinga ukrainaliklarni himoya qilishga qo‘shayotgan doimiy hissasi uchun minnatdorlik bildirib, bu "minglab insonlar hayotini saqlab qolishga" yordam berganini ta’kidladi. Germaniya rasmiylari hozircha bu ma’lumotni rasman tasdiqlamadi.
"Ammo Rossiya hujumlarini qaytarish uchun yetarli imkoniyatlarga ega bo‘lishimiz uchun bizga havo hujumidan mudofaa tizimlari raketalari ham kerak", — dedi Zelenskiy.
Ukraina yetakchisi, shuningdek, shu kunlarda Shvesiya bilan erishilgan kelishuvni ham eslatib o‘tdi. Unga ko‘ra, Ukraina harbiy havo kuchlari Gripen qiruvchi samolyotlarini oladi. Shuningdek, u joriy yilda AQShdan qurol-aslaha xarid qilishni nazarda tutuvchi PURL dasturi bo‘yicha "yangi badallar" mavjudligini qayd etdi.