Ukraina prezidenti NBC News telekanaliga bergan intervyusida Kiyev avgust oyida kutilmagan bosqin natijasida bosib olingan Rossiya hududlarini prezident Putin muzokaralar stoliga o‘tirmaguncha nazorat ostida ushlab turish niyatida ekanini aytdi.
"Bizga ularning yerlari kerak emas. Biz u yerga o‘z ukrain hayot tarzimizni o‘tkazmoqchi emasmiz. Ammo Ukraina bosib olingan hududlarni nazoratda ushlab turadi, chunki bu yerlar urushdagi «g‘alaba rejasi»ning ajralmas qismidir", — dedi Zelenskiy va bu taklifni xalqaro hamkorlarga, jumladan AQShga taqdim etishini qo‘shimcha qildi.
Zelenskiy Ukraina Rossiya hududida yangi operasiyalarni rejalashtiryaptimi yoki yo‘qligini muhokama qila olmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden ma’muriyati hatto Ukrainaning o‘zida ham qat’iy sir tutilgan Kursk viloyatidagi operasiya haqida oldindan bilmagan.
"Biz bu operasiya haqda hech kimga xabar bermadik. Bu ishonchsizlik sababli emas. Bizning o‘tgan yilning yozidagi qarshi hujumimiz, asosan, bu haqda ko‘p reklama qilingani va muhokama qilingani uchun muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Chunki bu Rossiyaga Ukrainaning qarshi hujum miga tayyorgarlik ko‘rishga vaqt berdi", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina yetakchisi.