Ukraina keng ko‘lamli jangovar aviasiyani rivojlantirish dasturi ustida ish olib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat F-16, Gripen va Rafale kabi 250 ta zamonaviy samolyotdan iborat park yaratishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi “Report” agentligi Ukraina OAVlariga tayanib.
“Biz Shvesiya, Fransiya va Qo‘shma Shtatlar bilan bir vaqtning o‘zida muzokaralar olib bormoqdamiz. Umumiy buyurtma 250 ta yangi samolyotdan iborat. Bu — bizning kelajagimiz”, — dedi Zelenskiy.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Shvesiya bilan 150 ta Gripen samolyotini yetkazib berish va mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan.
Shuningdek, Zelenskiy mamlakat barcha asosiy kelishuvlarni imzolashni va yil oxirigacha kunlik 500–800 ta qoplovchi uchuvchisiz samolyot (dron) ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.