AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonga Nigeriyaga ehtimoliy bosqinga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdi.
Tramp bu haqda Truth Social sahifasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Urush departamenti Afrika davlatida faoliyat yuritayotgan terroristik guruhlarga qarshi "tezkor, qattiq va shafqatsiz" kuchli choralar ko‘rishi kerak. U, shuningdek, AQShning Nigeriyaga yordamini to‘xtatish bilan tahdid qilgan.
"Agar Nigeriya hukumati nasroniylarning o‘ldirilishiga yo‘l qo‘yishda davom etsa, AQSh bu dahshatli vahshiyliklarni amalga oshirayotgan terrorchilarni butunlay yo‘q qilish uchun to‘liq qurollangan bu sharmandali mamlakatga kirishi mumkin", deb yozgan prezident Nigeriya hukumatini "tezkorlik bilan harakat qilishga" chaqirdi.