Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy CNN telekanaliga intervyu berib, ikki hafta oldin AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida u hokimiyat tepasiga kelsa, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga va’da berganini aytdi.
Shu bilan birga, Ukraina yetakchisi Tramp saylovlardagi ehtimoliy g‘alabaga bir necha kun qolganida urushni tugataman deganda nimani nazarda tutayotganini hali ham tushunmaganini ta’kidladi.
«Ammo mening pozisiyam shuki, saylovdan oldingi davr va saylovoldi bayonotlari saylovoldi bayonotlaridir. Ba’zan ular unchalik real emas», dedi Zelenskiy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, birinchi navbatda u Bayden, Tramp va Xarrisga tinchlik rejasi haqida aytib beradi, shuningdek, uni AQSh Kongressi bilan baham ko‘radi. Shundan so‘ng tinchlik rejasi ommaga e’lon qilinishi mumkin.