Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirilgani ortidan har yerda sodir bo‘ladigan siyosiy zo‘ravonlikni qoraladi.
«Suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchi tezda qo‘lga olingani yaxshi. Bu bizning tamoyilimiz: qonun ustuvorligi va siyosiy zo‘ravonlikka dunyoning hech bir joyida o‘rin yo‘q», - dedi Zelenskiy Tramp va uning oilasiga eng yaxshi tilaklarini bildirib.
Ba’zi AQSh OAVlariga ko‘ra, gumonlanuvchi Ukrainaning kuchli tarafdori bo‘lgan va hatto Rossiyaga qarshi urush harakatlarida yordam berish uchun u yerga borgan.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham voqeaga izoh berdi.
«Biz u yerda, jumladan, siyosiy raqiblar o‘rtasidagi vaziyat qanchalik keskin ekanini ko‘rishimiz mumkin – siyosiy kurash kuchaymoqda», — dedi Peskov. «Biz buni diqqat bilan kuzatmoqdamiz, lekin biz bunga hech qachon aralashmaganmiz va hozir ham aralashmaymiz».