Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvdagi so‘zlari uchun kechirim so‘rashni zarur deb hisoblamadi

Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvdagi so‘zlari uchun kechirim so‘rashni zarur deb hisoblamadi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan suhbatda qilgan harakatlari va so‘zlari uchun kechirim so‘rashni zarur deb hisoblamadi. Fox News telekanaliga bergan intervyusida boshlovchining uzr so‘rashi yoki so‘ramasligi haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savoliga javoban Zelenskiy shunday dedi: "Men prezidentni hurmat qilaman, Amerika xalqini hurmat qilaman. O‘ylaymanki, biz ochiq va halol bo‘lishimiz kerak. Menimcha, biz hech qanday yomon ish qilganimiz yo‘q. Ommaviy axborot vositalarini hurmat qilgan holda, ba’zi narsalarni ularsiz muhokama qilishimiz kerak". Eslatib o‘tamiz, ikki davlat rahbarlarining Vashingtondagi uchrashuvi janjalga aylangandi. Ukraina prezidenti amerikalik hamkasbini Rossiya tomoni bilan murosa qilmaslikka chaqirdi. Bunga javoban Tramp Ukraina “og‘ir ahvolda” va “qo‘lida kuchli kartalar” yo‘qligini aytdi. Tramp Ukraina askarlari aql bovar qilmaydigan jasorat ko‘rsatganini, biroq AQSh janglarni to‘xtatib, pulni “qayta qurish kabi boshqa maqsadlarda” ishlatmoqchi ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 05:48 01.03.2025. O'qildi: 1982 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!