Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy Slovakiyaning muxolifatdagi “Progrecsiv Slovakiya” partiyasi raisi bilan uchrashdi

Zelenskiy Slovakiyaning muxolifatdagi “Progrecsiv Slovakiya” partiyasi raisi bilan uchrashdi

Zelenskiy Slovakiyaning muxolifatdagi “Progrecsiv Slovakiya” partiyasi raisi Mixal Shimechko bilan uchrashdi.

Bu haqda Ukraina prezidenti o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.

"Juma kuni Slovakiyaning bir rahbarini kutgandim, ammo boshqasi keldi. Slovakiya parlamenti vakillari bilan yaxshi uchrashuv o‘tkazdik. Judayam ajoyib va konstruktiv suhbat bo‘ldi", – deb yozdi Zelenskiy.

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ular, jumladan, energetika masalasini ham muhokama qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Zelenskiy va Fiso o‘rtasida Rossiya gazining tranziti masalasida masofaviy bahs bo‘lib o‘tgan edi. Ukraina prezidenti Robert Fisoni Kiyevga taklif qilgan, ammo u rad javobini bergan edi.

Kiritildi: 11:20 18.01.2025. O'qildi: 844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!