Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqin bir necha hafta ichida AQShga tashrif buyuradi va mamlakat prezidenti Jo Bayden bilan uchrashib, Rossiyaga zarba berishga ruxsat so‘raydi. Bu haqda Germaniyaning Bild gazetasi ma’lum qildi .
«Zelenskiy yaqin bir necha hafta ichida AQShga boradi», — deyiladi nashrda.
Nashrning yozishicha, uchrashuv davomida Zelenskiy o‘z strategiyasini Baydenga, shuningdek, AQSh prezidentligiga nomzodlar Kamala Xarris va Donald Trampga aytib berishni rejalashtirgan .
Manbaga ko‘ra, Ukraina rahbari amerikalik hamkasbidan Rossiyaning chuqur qismidagi nishonlarga zarba berish uchun G‘arbning uzoq masofali qurollaridan foydalanishga ruxsat berishni talab qilishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, Bild nashrining yozishicha, boshqa masalalar qatorida Ukrainaning frontning ayrim sektorlarida mahalliy o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishga tayyorligini muhokama qilish rejalashtirilgan.