Kiyevda Rossiya Qurolli kuchlarining zarbalari natijasida kamida sakkiz kishi, jumladan, bir bola halok bo‘ldi.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgan.
"Shahar va jamoalarimizga yana bir ommaviy zarba. Yana qotilliklar. Afsuski, kamida sakkiz kishi halok bo‘lgani ma’lum. Ular orasida bir bola ham bor. Barcha qarindoshlar va yaqinlarga hamdardlik bildiraman. Odamlar vayronalar ostida hamon qolishi mumkin. O‘nlab yaradorlar bor", — dedi davlat rahbari.
Ayni paytda Kiyev shahar harbiy boshqarmasi matbuot xizmati 45 kishi yaralangani haqida xabar berdi.