Zelenskiy Ukraina xavfsizlik xizmatiga Moskvani urushni tugatishga majburlash uchun Rossiyaga qarshi “40 kunlik ta’sir amaliyoti”ni o‘tkazishni topshirdi.
"Men Ukraina xavfsizlik xizmatining (UXX) urushni tugatishga majburlash maqsadida tajovuzkor davlatga qarshi 40 kunlik ta’sir amaliyotini tasdiqladim", — deb yozdi Ukraina prezidenti ijtimoiy tarmoqlarda general-mayor Yevgeniy Xmaraning “uzoq masofali sanksiyalar” haqidagi hisobotidan so‘ng.
Zelenskiy UXX bir necha oydan beri turli dronlardan foydalanish evaziga frontda Ukraina pozisiyalarini himoya qilishda eng yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatayotganini ta’kidladi.