12 fevral kechasi Rossiya kuchlari Ukraina energetika inshootlariga 25 ta ballistik raketa va bitta kruiz raketasi, shuningdek, 200 dan ortiq dronlar yordamida zarba berdi.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
"Energetika sektoriga yana bir katta zarba - yana ko‘plab ballistik raketalar. Bu Rossiya qurollarining aksariyati energetika inshootlariga qaratilgan edi: bir kechada 24 ta ballistik raketa, yana bir kruiz raketasi va 200 dan ortiq dronlar uchirildi", deb yozgan u.
Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, hozirda Kiyev, Odessa va Dnepropetrovskda zarbadan keyin infratuzilmani tiklash ishlari olib borilmoqda.