Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Messi xalqdan uzr so‘radi

Messi xalqdan uzr so‘radi

AQShning “Inter Mayami” klubi rasmiy sayti orqali chempionlik turi doirasida Puerto-Rikoda “Independyente”ga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvi 26 fevralga ko‘chirilganini e’lon qildi.

Bunga jamoa sardori Lionel Messining jarohati sabab bo‘lgan.

38 yoshli yulduz bu holat uchun Puerto-Riko muxlislaridan uzr so‘radi.

- Afsuski, so‘nggi o‘yinda mushaklarimda taranglikni his qildim, lekin sizlar bilan uchrashuvni juda kutgan edik, shuning uchun klub bilan birga men Puerto-Rikoga borib o‘ynay olishim uchun muqobil sanani topish ustida ishladik.

Biz sizlar qanchalik hayajonlanayotganingizni va “Inter Mayami” o‘yinini ko‘rishni istashingizni bilamiz, bu yaqin orada amalga oshsa juda yaxshi bo‘lardi, - dedi Lionel Messi.

Lionel Messining bu murojaati ijtimoiy tarmoqlarda juda tez keng tarqaldi. Futbol yulduzining muxlislarga nisbatan ko‘rsatgan qadr-qimmati va hissiyotlari alohida e’tibor va e’tirofga loyiq ekani aytilmoqda.

Kiritildi: 23:57 12.02.2026. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!