Prezident Vladimir Zelenskiy Rossiya qo‘shinlari 25 dekabr, Rojdestvo kunida Ukrainaga yirik hujum uyushtirishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Zelenskiy jurnalistlarga bu haqda Diplomatik xizmat kuni munosabati bilan qilgan chiqishida ma’lum qildi.
Ukraina rahbarining qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar va Germaniya Rojdestvo sulhini yoqlab chiqqan, biroq Moskva buni rad etgan.
"Rossiya "Rojdestvo sulhlari bo‘lmaydi" deyapti... Bu signallardan so‘ng men razvedkamizni iloji boricha kuchaytirishni va joylashuvimizni tushunishni so‘radim. Biz ular aynan bizning Rojdestvo kunimizda qandaydir ommaviy zarbalar berishlari mumkinligini tushunamiz", deb ta’kidladi Zelenskiy.
Prezidentning ta’kidlashicha, 24-25 dekabr kunlari Ukraina shahar va qishloqlarini mudofaa qilish bo‘yicha shtab yig‘ilishida havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirish haqida buyruq bergan.
"Biz bunga e’tibor qaratishimiz kerak. Harbiylarning o‘zi ham e’tibor berishi kerak. Ular himoya qila oladi. Bu juda qiyin, chunki, afsuski, havo hujumidan mudofaa tizimlari yetishmaydi", - deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Shu bilan birga, Ukraina o‘nlab havo mudofaa tizimlari, jumladan Patriot tizimlarini sotib olish bo‘yicha shartnomalar ustida ishlamoqda.