Rossiya armiyasi kelgusi oylarda Ukrainaning suv ta’minoti tizimlariga qarshi operasiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kechki nutqida e’lon qildi.
"Biz ko‘proq mudofaa chiziqlarini qo‘shishimiz kerak - bu aniq maqsad. Shuningdek, biz Rossiya qo‘shinlari kelgusi oylarda suv ta’minoti tizimlariga qarshi operasiyaga tayyorgarlik ko‘rayotganini bilamiz. Har bir jamoa ushbu inshootlarni himoya qilishga jiddiy, mutlaqo mas’uliyatli yondashuvni qo‘llashi kerak", dedi u.