Bugun 12 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Zelenskiy Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatishga intilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Zelenskiy Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatishga intilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy payshanba kuni Parijda fransuz hamkasbi Emmanuel Makron bilan uchrashib, Rossiyaning Ukrainaga davom etayotgan bosqinini to‘xtatish rejasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yevropa yetakchilari bilan muzokaralarning ikkinchi raundini o‘tkazdi.

Makron bilan uchrashgandan keyin jurnalistlar bilan suhbatda bo‘lgan Zelenskiy Makron uning «g‘alaba rejasi»ni qo‘llab-quvvatlaganini aytdi va Ukraina Rossiyaga qarshi qishki janglar oldidan G‘arbning ko‘proq yordamiga muhtojligini ma’lum qildi.

U Rossiya kuchlari so‘nggi paytlarda qo‘shimcha yutuqlarga erishgan «sharqdagi qiyin vaziyat»ni tan oldi.

Ukraina rahbari, shuningdek, Yevropa yetakchilari bilan muzokaralarda Rossiya bilan urushda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini muhokama qilayotgani haqidagi taxminlarni rad etib, bunday xabarlarni Moskvadan kelgan dezinformasiyalar bilan izohladi.

«Bu bizning muhokamalarimiz mavzusi emas», dedi u, «Bu to‘g‘ri emas. Rossiya ommaviy axborot vositalarida dezinformasiya bilan ko‘p ishlaydi, shuning uchun (bunday xabarlar) tushunarli», - deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 16:48 11.10.2024. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!