Kreml Donald Trampning AQSh prezidenti etib saylanishidan «ijobiy signallar» ko‘rayotganini aytdi.
«Tramp saylovoldi tashviqoti davomida kelishuvlar yo‘li bilan muvaffaqiyatga erishish, tinchlikka olib keladigan kelishuvga erishish mumkinligi haqida gapirdi», dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
«U hech bo‘lmaganda tinchlik haqida gapiradi. U qarama-qarshilik haqida emas, Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratish istagi haqida gapirmayapti. Va bu uni hozirgi ma’muriyatdan qulay tarzda ajratib turadi.»
Biroq, Peskovning ta’kidlashicha, «u saylovoldi tashviqoti paytida aytgan bayonotlariga qay darajada sodiq qolishini» oldindan aytish qiyin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Tramp bilan muzokaralar olib borishga «tayyor» ekanini aytgandi.