Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy: "Rossiya bilan urush boshlanganidan beri 55 ming nafar harbiy xizmatchimiz halok bo‘ldi"

Zelenskiy: "Rossiya bilan urush boshlanganidan beri 55 ming nafar harbiy xizmatchimiz halok bo‘ldi"

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri Ukraina Qurolli Kuchlarining 55 000 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lganini aytdi.

Ukraina rahbari bu raqamni Fransiyaning France 2 telekanaliga bergan intervyusida keltirgan.

"Ukrainada jang maydonida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning rasmiy soni, faol xizmatda bo‘ladimi yoki safarbar qilinganmi, 55 000 ni tashkil qiladi", dedi u va "bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan ko‘plab odamlar" ham borligini qo‘shimcha qildi.

U shuningdek, Kiyev va Moskva o‘rtasida Abu-Dabida davom etayotgan muzokaralar haqida ham fikr bildirdi.

"Rossiya bizning butun Donbassni tark etishimizni istaydi. Bu urush boshlanganidan beri ular birorta ham g‘alaba qozonishmadi. Va biz, ukrainlar, bu yerning har bir metri, har bir kilometri Rossiya armiyasiga qanchaga tushishini juda yaxshi tushunamiz. Ular o‘lganlarni hisobga olmaydilar. Sharqiy Ukrainani bosib olish uchun ularga yana ikki yil va 800 000 o‘lgan askar kerak bo‘ladi. Ular bunchalik uzoq davom etmaydi", deb ta’kidladi Zelenskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina allaqachon "katta yon bermoqda".

"Rossiyaga tanaffus kerak. Agar biz demilitarizasiya qilingan zona haqida gapiradigan bo‘lsak, biz o‘z hissamizni nazorat qilishimiz kerak", deb xulosa qildi Ukraina prezidenti.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!