Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 300 ta Patriot havo hujumidan mudofaa raketasini so‘raganini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina qish davrida yetarli darajada himoya vositalariga ega bo‘lsa, Rossiya uchun urushni yana davom ettirishga undaydigan omillar sezilarli darajada kamayadi.
«Agar qish davri uchun yetarli himoyaga ega bo‘lsak, Rossiyada urushni shu vaqtgacha cho‘zish uchun ancha kam sabab qoladi», — deb yozdi Zelenskiy o‘zining Telegram sahifasida.