Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar faqat Kiyev ishtirokida o‘tkazilishi lozim, deya ta’kidladi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Myunxenda jurnalistlar bilan suhbatlashish chog‘ida. U bu o‘zining prinsipial pozisiyasi ekanligini va boshqa hech qanday variantga rozi bo‘lmasligini alohida qayd etdi.
"U [Rossiya prezidenti Vladimir Putin] shunchaki vaqtinchalik tinchlikka rozi bo‘lmaydi. Men [AQSh prezidenti Donald Trampga] "ha" dedim, ammo telefon suhbati - bu shunchaki telefon suhbati. Keling, buni unutaylik. Biroq bir narsa muhim - bu yuzma-yuz uchrashuv. Bu Ukrainasiz Ukraina bo‘yicha biror qaror qabul qilmaslik degani. Bu mening prinsipial pozisiyam. Men boshqa hech narsaga ko‘nmayman," - dedi u.
Bundan tashqari, Zelenskiyning fikricha, Yevropa Ittifoqini ham kelishuv bo‘yicha muzokaralarga jalb etish zarur. Ukraina rahbarining ta’kidlashicha, Tramp uning nuqtai nazarini qo‘llab-quvvatlaydi va tinchlik jarayoniga nafaqat Kiyevni, balki Bryusselni ham jalb qilishni rejalashtirmoqda.