Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Zelenskiy: “Putin bilan yana 100 marta qo‘l berib ko‘rishishga tayyorman. Agar...”

Zelenskiy: “Putin bilan yana 100 marta qo‘l berib ko‘rishishga tayyorman. Agar...”

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mahalliy televideniyedagi tok-shouda Parijda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan qo‘l berish ko‘rishganiga izoh berdi.

«Ha, men Parijda Putin bilan qo‘l berib so‘rashdim. Busiz qanday muloqotni boshlash mumkin? Agar ertaga Donbassni qaytarib berishsa, yana 10 marta qo‘lini siqishim turgan gap. Qrimni qaytarishsa, bu esa albatta qachondir ro‘y beradi, yana 100 marotaba», — dedi Zelenskiy.

Ukraina rahbariga ko‘ra, Putin murakkab odam, ammo uchrashuv davomida unga ko‘p narsa ayon bo‘lgan.

«8 soat davomida yuzma-yuz o‘tirib, kelishib olishimiz mumkinligi haqidagi xulosaga keldim. Bu tezda amalga oshmaydi, ammo qachondir ro‘y beradi. Men Minsk kelishuvlarini imzolamaganman, ammo prezident sifatida ularni bajarishim shart. Donbassda hech qanday qirg‘in bo‘lmaydi. Putin nega Srebrenisa haqida gapirganini bilmayman, biroq biz boshqa davlatmiz, bizda eng muhimi — inson hayoti», — ta’kidladi Zelenskiy.

 

 

Kiritildi: 11:41 15.12.2019. O'qildi: 3645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!