Oktyabr oyida Rossiya qo‘shinlari Ukraina bo‘ylab ikki mingdan ortiq dronlarni uchirdilar, ularda Xitoy, AQSh va Yevropa mamlakatlari kompaniyalarining 170 mingga yaqin komponentlari mavjud edi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2 noyabr, shanba kuni kechki murojaatida aytib o‘tdi.
«Mikrosxemalar, mikrokontrollerlar, prosessorlar, ko‘plab turli qismlar, ularsiz bu terrorni amalga oshirish mumkin emas edi. Bularning barchasi Rossiyaga chet eldan etkazib beriladi. Va bu, afsuski, Xitoy, Yevropa, Amerika kompaniyalaridan keladi - doimiy rus terroriga ko‘plab mikro hissalar», dedi Zelenskiy.
Davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, xuddi shunday holat Rossiya Federasiyasidan tashqarida ishlab chiqarilgan qismlarni o‘z ichiga olgan Rossiya raketalarida ham kuzatilmoqda. Zelenskiy Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi. «Rossiya hujumlariga qarshi kurashish, boshqa narsalar qatori, Rossiyaga qarshi sanksiyalarning mustahkamligi uchun kurashish demakdir. Sanksiyalar kuchayishi va samarali bo‘lishi kerak», — dedi Ukraina rahbari.