Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Zelenskiy ofisi Lukashenkoning chaqirig‘iga javob qaytardi

Zelenskiy ofisi Lukashenkoning chaqirig‘iga javob qaytardi

Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenkoning Ukrainadagi o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bayonotiga qarshi chiqdi. Podolyak tegishli postni 31 mart kuni Twitter'dagi sahifasiga joyladi.

Mixail Podolyakning fikricha, har qanday sulh Rossiyaning Ukrainada bosib olgan hududlarida qolish huquqini anglatadi.

“Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ukraina o‘z hududiga qo‘shin va texnikani o‘zi xohlagancha olib o‘tishga haqli. G‘alati 'tinchlikparvarlar' (bayonoti) kulgili ko‘rinadi”, — deb yozgan Podolyak.

Eslatib o‘tamiz, 31 mart kuni Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko xalq va parlamentga murojaat bilan chiqdi. Siyosatchi Rossiya va Ukrainani harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Uning fikricha, jangovar harakatlarni to‘xtatish va sulh e’lon qilish vaqti keldi. Lukashenko “har doim do‘stona tarzda Zelenskiyni bo‘lishi kerak bo‘lgan joyga qaytarishga” harakat qilganini aytdi. Belarus prezidenti Zelenskiyni “tinchlik bo‘yicha muzokaralar olib borishni o‘ziga man qilgani”ni ta’kidlab, tanqid qildi

Kiritildi: 22:24 31.03.2023. O'qildi: 4482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!