Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy Kursk viloyatidagi hujumdan keyin AQShga hisobot berdi

Zelenskiy Kursk viloyatidagi hujumdan keyin AQShga hisobot berdi

Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumidan keyin Vladimir Zelenskiy AQSh Kongressi vakillariga hisobot berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“AQSh Vakillar palatasining ikki partiyali delegasiyasi bilan uchrashdim. Davlatimiz va boshqa qadriyatlarimizni himoya qilish haqida gaplashdik... Asosiy urg‘u – bu havo hujumidan mudofaa, ukrainaliklarning hayotini saqlab qolish va Rossiyaning urushni uzaytirish bo‘yicha har qanday urinishlarini to‘xtatishdir”, — deb yozdi Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida.

Zelenskiyning idorasi aniqlik kiritishicha, kongressmenlar delegasiyasi tarkibida Donald Norkross, Selest Maloy va Jeyms Panetti bor. Ular bilan uchrashuvda Zelenskiy Ukraina mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va Ukraina qo‘shinlarining ustuvor ehtiyojlarini batafsil muhokama qildi.

Kiritildi: 21:42 08.08.2024. O'qildi: 2451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!