Bugun Ukrainaning Kramatorsk shahriga uyushtirilgan Rossiya havo hujumi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.
"Donesk viloyatining Kramatorsk shahrida Rossiya havo hujumi sodir bo‘lgan joyda qutqaruv operasiyasi davom etmoqda. Hujum shahar markaziga urilib, odamlarga zarar yetkazdi. Ayni paytda kamida besh kishi jarohatlangani va besh kishi halok bo‘lgani ma’lum. Oila a’zolari va do‘stlariga samimiy hamdardlik bildiramiz. Afsuski, qurbonlar soni oshishi mumkin", deb yozgan u.
Zelenskiy voqea joyida qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlari ishlayotganini ta’kidladi.