Bugun 12 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Zelenskiy Germaniyani Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga chaqirdi

Zelenskiy Germaniyani Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga chaqirdi

Ukraina prezidenti, shuningdek, Germaniya kansleri Olaf Sholsga Berlin tomonidan Kiyevga ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Germaniya tomonidan yetkazib berilgan Gepard, IRIS-T va Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari minglab odamlarning hayotini rus terroridan saqlab qolishga yordam berdi", — deya ta’kidladi Vladimir Zelenskiy Berlinda Olaf Shols bilan uchrashuvda.

Shu bilan birga, Ukraina rahbari Berlinni kelgusi yilda Kiyevni qo‘llab-quvvatlash darajasini pasaytirmaslikka chaqirdi. Zelenskiy, shuningdek, urush “2025 yildan kechikmasdan” yakunlanishiga umid bildirdi va Germaniya kansleriga o‘zining “g‘alaba rejasini” taqdim etishga va’da berdi.

O‘z navbatida, Shols Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni susaytirmaslik va Putin tomonidan qo‘yilgan shartlar qabul qilinmasligiga va’da berdi.

Kiritildi: 21:25 11.10.2024. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!